ITSPECUZ Telegram 2898
​​#operatsion_tizim

Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish

Deyarli har bir zamonaviy operatsion tizim uchun fleshkada live-obraz yaratish mumkin – ya’ni butun tizim qariyb o‘rnatilgan holatda fleshkada saqlanadi va bunday fleshkani ShK’ga ulaganda, ushbu tizimni ishga tushirish va u bilan xuddi qattiq diskka o‘rnatilgani kabi ishlash mumkin.

📌 Obrazodatda diskning yozilish paytida fayllar va papkalarga nisbatan qanday xususiyatlar belgilangan bo‘lsa, xuddi shu xususiyatlarni saqlagan holda nusxasi yaratilgan fayldir. Obrazlar odatda o‘rnatiluvchi disklardan olinadi va turli hajmlarda bo‘ladi.

Kamchiliklaridan — birinchi marta ishga tushirilishi uzoqroq vaqt talab etadi, qulayroq foydalanish uchun esa 16Gb xotirali va o‘qish/yozish tezligi hech bo‘lmaganda 20-30 Mb/s darajasidagi USB 3.0 fleshkasi kerak bo‘ladi. Bu nima uchun kerak? Masalan, ish makonni qisqartirish maqsadida – o‘zingiz bilan noutbuk olib yurishning o‘rniga fleshka bilan cheklanish mumkin. Ushbu fleshka shuningdek qurilmaga o‘rnatilgan Windows’ni ishga tushirish imkoni bo‘lmagan holatlarda yordam berishi mumkin.

Live-obrazni yaratish uchun bizga har qanday Windows 10 obrazi va Rufus dasturi kerak bo‘ladi (rasmiy saytlaridan yuklab olish mumkin). Endi kompyuterga fleshkani ulaymiz, Rufusni ishga tushiramiz, NTFS fayl tizimini tanlaymiz, “Создать загрузочный диск” menyusidan ISO-obrazni tanlaymiz va sal pastroqda Windows To Go’ni tanlaymiz.

Bo‘ldi, endi Start tugmasini bosamiz va obraz fleshkaga nusxalanib tushguniga qadar kutamiz. Shuningdek unga kerakli dasturlarning portable-versiyalarini tashlab qo‘yish mumkin.

Rufus’ni yuklab olish: https://rufus.ie/

📝 Manba: @XAKEPCTBO_channel

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg

tgoop.com/itspecuz/2898
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2898

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Read now Activate up to 20 bots How to Create a Private or Public Channel on Telegram? As of Thursday, the SUCK Channel had 34,146 subscribers, with only one message dated August 28, 2020. It was an announcement stating that police had removed all posts on the channel because its content “contravenes the laws of Hong Kong.” 2How to set up a Telegram channel? (A step-by-step tutorial)
from us

Telegram IT specialist
FROM American