tgoop.com/itspecuz/2899
Last Update:
#word
Word’da abzatslar bilan ishlashda ko‘pincha yuzaga keluvchi muammolardan biri, bu ba’zi bir birga keluvchi jumlalarning bir qismi ustki satrning oxiriga, boshqa qismi esa pastki satrning boshiga tushib qolishidir.
Bunda biz odatda ustki satrda qolib ketgan so‘zning boshiga kursorni o‘rnatib, Shift+Enter klavishlarini bosish orqali so‘zni pastki satrning boshiga tushiramiz.
Muammoni vaqtinchalik hal qildingiz ham deylik, lekin abzatsga yana matn qo‘shish yoki butunlay belgilagan holda shrift o‘lchamini o‘zgartirishga ehtiyoj paydo bo‘lib qolishi mumkinmi? 🤔 Bo‘lishi mumkin albatta! Bunda matnda qo‘llanilgan o‘sha Shift+Enter’larning sizga qanchalik xalaqit berayotganligini sezib qolasiz. 🤨
Yuqoridagi kabi muammoga ortiq duch kelmaslik uchun, Word dasturida matn bilan ishlayotganimizda bir foydali amalga odatlanishimiz, ya’ni oddiy probelning o‘rniga kerakli joylarda ajralmas probel belgisi - Ctrl+Shift+Backspace'dan foydalanishimiz lozim. Buni yaxshiroq tushunib olish maqsadida quyidagi videoni tomosha qilishni tavsiya etamiz. 👇🏻🎞
📌 Word dasturining barcha qaynoq klavishlari bilan esa ushbu maqolamizda tanishib chiqishingiz mumkin.
📝 Manba: @office_killer
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/2899