tgoop.com/itspecuz/3006
Last Update:
#mulohaza_uchun
🔖 IELTS va TOEFL nima farqi bor?
IELTS va TOEFL testlarining asosiy mazmun hamda maqsad jihatidan hech qanday farqi yo’q: ularning ikkalasi ham ingliz tilini bilish darajasini baholash maqsadida tashkil etilgan.
Bu ikki test tizimining asosiy farqli jihati shundaki, IELTS Buyuk Britaniya (Angliya)ning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash tizimi hisoblanadi. TOEFL esa Amerika Qo‘shma Shtatlarining ingliz tilini bilish darajasini baholash tizimidir.
Ikki davlatning ikki xil test tizimida, tabiiyki shakli va tashkiliy jihatida farqlar mavjud. Biz bu farqlarni testlarning olinish usuli, vazifalar turlari, baholash, test o‘tkazilish jarayonidagi farqlarda ko‘rishimiz mumkin.
Bundan tashqari ingliz tilini o‘rganayotgan yoki mukammal darajada biladigan kishilarga ma’lumki, Amerika ingliz tilisi hamda Britaniya ingliz tilisi o‘rtasida sezilarni ba’zi farqlar mavjud. Bu farqlar ingliz tili grammatikasi, talaffuzi yoki ishlatilishida ko‘rinadi. Demak, TOEFL va IELTS testlariga Amerika va Britaniyaning o‘ziga xos ingliz tilini bilish darajasini baholashga yo‘naltirilgan testlari deb qarashimiz kerak bo‘ladi.
O‘zbekistonning ta’lim muassasalari: o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlarida Britaniya ingliz tilisi o‘rgatilganligi sababli, bugungi kunda O‘zbekiston miqyosida TOEFL testiga nisbatan IELTS testining mavqei balandroq hamda IELTSni o‘rganish uchun talab ham TOEFLga nisbatan kuchliroqdir.
Xorijda o‘qishni xohlasangiz, Siz hujjat topshirmoqchi bo‘lgan xorijiy o‘quv yurti qaysi testni qabul qilishi haqida bilib oling. Odatda xorijiy ta’lim muassasalari har ikkala test turini ham bir xil qabul qiladi.
Manba
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3006