tgoop.com/itspecuz/3327
Last Update:
#maslahat #mulohaza_uchun
Salomatlik uchun 18 foydali maslahat 🤔
1. Haddan ziyod asabbuzarlik umrni qisqartiradi.
2. Oyoqni chalishtirib o‘tirish oyoq uchun zararli. Buning ustiga o‘ta odobsizlik sanaladi.
3. Vodoprovoddan qaynamagan suv ichmang.
4. Hansirab kelib, suyuqlik ichmang, ovqat ham yemang, yurakka yuk bo‘lmasin.
5. Nonning kuygan qismi zararli hisoblanadi. U asta-sekin insonning butun a’zolarini zaharlab, umrini qisqartiradi.
6. Issiq kunlarda yaxdek sovuq, salqin ichimliklar sog‘liq uchun o‘ta zararli. Yaxshisi, issiq shirin choy iching. Shunda quvvat tez tiklanadi.
7. Muzqaymoqni surunkasiga har kuni iste’mol qilish bolalarning ham, kattalarning ham asabiga ziyon yetkazadi.
8. O‘ta to‘yib ovqatlanish nafas olishni qiyinlashtiradi, yurakning tez urishiga olib keladi.
9. Har kim kuniga bittadan ko‘p non iste’mol qilsa, salomatligiga zarar yetadi.
10. Asal bilan yong‘oqni hech qachon birga tanovul qilmang.
11. Yangi ovqatga eski ovqatni aralashtirish aslo yaramaydi: ta’mi buziladi, hazm bo‘lishi qiyinlashadi.
12. Ovqatlangan zahoti uyquga yotmang. Oradan kamida 1-1,5 soat vaqt o‘tsin.
13. Ovqatlanish orasi 3-4 soatga farqlanishi lozim. Bu vaqt ichida hazm jarayoni oson kechadi. Oshqozon xastaliklarining ko‘pi noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqadi.
14. Asal issiq choyda, issiq suvda kuyadi. Yaxshisi uni iliq choyga yoki iliq suvga aralashtirib iching.
15. Boshingizdan sira o‘ta issiq suv quymang, chunki u ko‘zni xiralashtiradi.
16. Kechqurun to‘yib ovqatlanish vahimali tush ko‘rishga sabab bo‘ladi.
17. Choyni, suyuq ovqatlarni doim iliq holda iching. Chunki issig‘i nafas yo‘llarini, qizillo‘ngachni kasal qiladi.
18. Ko‘k choyni och qoringa ko‘p ichish ko‘ngilni aynitadi.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3327