tgoop.com/itspecuz/3365
Last Update:
#ict_news #bilasizmi #operatsion_tizim
Putin xavfli operatsion tizim ishlatishi ma’lum bo‘ldi 🖥
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining ish joyida ishlatayotgan kompyuterga Windows operatsion tizimining eskirgan versiyasi o‘rnatilgan ekan. Buni Kremldan olingan suratga qarab The Guardian nashri jurnalistlari payqab qolishgan.
Putin ishlatayotgan kompyuterdagi Windows XP tizim talqini 18 yil avval taqdim etilgan. 2014 yili esa Microsoft uni qo‘llab-quvvatlashni butkul to‘xtatgan.
Microsoft saytida ta’kidlanishicha, Windows XP tizimida ishlash xavfsiz emas. Zero, u endi himoyadagi tirqishlar va boshqa muammolarni bartaraf etuvchi tizim yangilanishlarini qabul qilmayapti. Kompaniya mazkur operatsion tizim talqinidan hamda Windows 7’dan foydalanayotgan mijozlariga Windows 10 versiyasiga o‘tishni tavsiya etib kelayotir.
Putin kompyuteri masalasiga kelsak, u operatsion tizimning xavfsizlik xizmati dasturchilarining tekshiruvidan o‘tgan maxsus talqinidan foydalanayotgan bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bu kompyuter internetga ulanmagan bo‘lsa kerak. Umuman, Rossiya prezidenti turli zamonaviy gadjetlardan juda kam foydalanadi.
📝 DiMaX @terabaytuz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3365