ITSPECUZ Telegram 3495
#bilasizmi #operatsion_tizim #hardware #mulohaza_uchun

Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz... ⌨️

Hozirgi kunda deyarli hamma sohada kompyuterda ishlashni bilish talab qilinadi. Kompyuterda tez va samarali ishlay oladigan xodim hamma joyda qadrlanadi. Chunki bunday xodim bilan ish samarasi oshadi, topshiriqlar qisqa fursatda, osongina bajariladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, idorada ishlaydigan oddiygina xodim bir daqiqada 200 tagacha belgini bosa olish tezligiga ega ekan. Demak, ozgina mashq qilinsa, bu miqdorni 300-400 tagacha ham yetkazish mumkin. Qanday qilib, deysizmi? Ushbu maqolada, xuddi “mashinkadek” tez harf terishni o‘rgatamiz.

1️⃣. Tez va bexato harf terish klaviaturaning turiga ham bog‘liq

Klaviaturalar orasidan eng ko‘p qo‘llaniladigan 3 turiga to‘xtalib o‘tamiz:

Mexanik klaviatura. Ularda harf terish oson. Shu sabab bo‘lsa kerak, bunday klaviaturalar sizga uzoq yillar xizmat qiladi. Harflarni taqillatmasdan terish ham mumkin. Ammo bu turdagi klaviatura biroz qimmatroq turadi.

Membranali klaviatura. Bunday klaviaturalarda harf tugmalari orasida mayda chiqit va changlarning yig‘ilish xavfi kam. Qolaversa, ular mexanik uslubdagilariga qaraganda biroz arzonroq turadi. Ammo bu turdagi klaviaturalarda bir harfni terish uchun tugmaga qattiq bosish kerak bo‘ladi.

Mexanik-membranali klaviatura. Aralash turdagi bunday klaviatura har ikkala turning xususiyatlarini o‘zida jamlagan. Harf tugmalari oson bosiladi. Bunday turdagi klaviatura hozirgi notbuklarga ana shunday klaviaturalar o‘rnatilyapti.

Agar siz matnni tez va oson terishni istasangiz, e’tiborni mexanik turdagi klaviaturalarga qarating. Matn terilishini osonlashtirish uchun klaviatura “oyoqchalarini” yoyib qo‘ying. Burchak ostida turgan klaviaturada ishlash osonlashadi.

2️⃣. Qo‘llarni klaviatura yuzasiga to‘g‘ri joylashtirish ham harf terishni osonlashtiradi

Matnni tez yozishning eng osoni bu 10 barmoqli usuldir. Bu usulni bundan 130 yil avval amerikalik stenografist Frank Makgurrin o‘ylab topgan. Bu usul klaviaturaga qaramasdan matn terish, harflarning joylashgan joyini eslab qolishdan iborat. Buning uchun qo‘llarni tugmachalar qatoriga to‘g‘ri qo‘yish lozim. Harflarni tez terish uchun barmoqlarni to‘g‘ri joylashtirish kerak. Buning uchun qo‘l barmoqlari uyacha qatorida turishi lozim. Bu qator Caps Lock tugmasidan boshlanadi. Chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i A harfi, o‘ng qo‘lniki esa O harfiga to‘g‘ri kelishi kerak (rasmga qarang). Biroq bunday yozishda qo‘llar bir-biri bilan chalkashib ketmasligi kerak.

3️⃣. Qancha tez eslab qolinsa, shuncha tez yoziladi

10 barmoqli yozish usuli barcha barmoqni ishlatishdan iborat. Bunda har bir barmoq o‘z sohasidagi harflarga javob beradi. Buni yodlab qolish uchun quyidagi eslab qolish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda barmoqlarga harflar yozilgan qog‘ozchalarni yopishtirib chiqing. Tez yozishni harflarning joylashgan yerini eslab qolmasdan turib amalga oshirish tavsiya etilmaydi. Kerakli tugmani topguningizcha vaqt ketib qolishi mumkin.

4️⃣. Stolning holati ham muhim

Stol to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, umurtqa pog‘onasiga og‘irlik tushmaydi, ishingiz samarali kechadi. Biroq bunda klaviaturani tizza sohasida ushlash tavsiya etilmaydi. Kompyuter monitoriga egilib olgancha yozish ham mumkin emas. Me’yorga ko‘ra monitor ko‘zdan 45-70 sm. uzoqlikda turishi kerak. Tirsaklar klaviatura turgan sohada, bir tekis yuzada turishi zarur. Umurtqa pog‘onasi bir tekis, yelkalar bo‘shashtirilgan. Oyoq ostida yostiqcha yoki pastgina tirgakcha qo‘yilsa, yana-da qulay bo‘ladi.

5️⃣. Klaviaturaga qarash yozish tezligini pasaytiradi

Buning uchun esa ko‘zlarni yumgancha, terilgan harf yoki so‘zni baland ovozda ayting. Haftada bir marta sizga aytib turilgan matnni yozishni mashq qiling. Yo‘l qo‘yilgan xatoni klaviaturadan emas, monitordan qidiring. Har bir harfni terganingizdan so‘ng barmoqlarni yuqorida aytilgan uyacha qatoriga qo‘ying.

tgoop.com/itspecuz/3495
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3495

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Polls Content is editable within two days of publishing During a meeting with the president of the Supreme Electoral Court (TSE) on June 6, Telegram's Vice President Ilya Perekopsky announced the initiatives. According to the executive, Brazil is the first country in the world where Telegram is introducing the features, which could be expanded to other countries facing threats to democracy through the dissemination of false content. Telegram channels fall into two types: A vandalised bank during the 2019 protest. File photo: May James/HKFP.
from us

Telegram IT specialist
FROM American