tgoop.com/itspecuz/3791
Last Update:
#operatsion_tizim #internet #security #maslahat
Windows’dagi Hosts fayli yordamida saytlarga kirishni bloklash 🌐🚫
Agar farzandlaringiz yoki sizning kompyuteringizdan foydalanib turgan tanish-bilish, do‘stlaringiz uchun saytlarga kirishni bloklab qo‘yishni istasangiz, buni Windows tarkibida keluvchi vositalar yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
1️⃣. “Блокнот” dasturini administrator nomidan ishga tushiring.
2️⃣. Chapki yuqori burchakda “Файл”ga kiring va “Открыть”ni tanlang.
3️⃣. "C:\Windows\System32\drivers\etc" papkasini toping va oching.
4️⃣. O‘ng pastki burchakda "Все файлы (".")"ni tanlang.
5️⃣. "hosts" faylini oching.
6️⃣. # belgisi bilan keluvchi barcha yozuvlarning ostida yangi satrdan "127.0.0.1 sayt havolasi
"ni kiriting.
7️⃣. Barcha o‘zgartirishlarni kiritib bo‘lganingizdan so‘ng faylni saqlang.
↪️ Barchasini o‘z holiga qaytarish uchun – bloknotda kiritgan satrlaringizni o‘chiring va faylni saqlang.
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
ℹ️
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3791