ITSPECUZ Telegram 3819
#bilasizmi #security #mulohaza_uchun

Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi 🕵🏻‍♂️

Xaker, kim o‘zi u?
🤔

Dastlab, bu termin hisoblash texnikalarini yaxshi tushunadigan, dasturlash va tizimlarni mukammal biladigan insonlarga nisbatan ishlatilar edi. Ular muammolarni kutilmagan tarzda yechadigan, siz o‘ylamagn tomondan yondashadigan mutaxassislar edi.

Keyinchalik bu soha vakillari buzg‘unchilik qila boshladilar va xaker so‘zini buzg‘unchi sifatida rivojlanishiga olib kelishdi.

❗️Hozirda, hamma davlatlarda bu kabi buzg‘unchilar uchun qattiq jazolar ishlab chiqilgan, shu sababli, buzg‘unchi bo‘lishdan saqlaning!

Endi, shu buzg‘unchilarga qarshi turuvchi, hisoblash texnikalarini himoyalovchi kuchli mutaxassislar yetishib chiqdi va ular ham yaxshi ma’noda "xaker"lar deyildi, lekin ular himoya vazifasini bajarishadi.

Bu yerdan xakerlarning turlari kelib chiqdi va ular quyidagilar:

⚪️ Oq xakerlar (White hat). Bular tizimlardagi muammolarni qidirib, ularni bartaraf etish bilan shug‘ullanishadi, ya’ni buzg‘unchilardan himoyalash vazifasini bajarishadi.

⚫️ Qora xakerlar (Black hat). Aynan shular buzg‘unchilar, yovuz niyatli, barchaga zarar keltiruvchilardir. Bulardan ehtiyot bo‘lish, himoyalanish haqida shu kanalda postlar berib borilmoqda, o‘qing va o‘rganing.

🔘 Kulrang xakerlar (Gray hat). Bular vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘rishadi, ya’ni xameleonlardir. Muammolarni topishadi va ularni yechib berish uchun ma’lum mablag‘ talab qilishadi, lekin buzish ishlarida unchalik qatnashishmaydi.

🟢 Yashil xakerlar (Green hat). Bular xavfsizlik ishlarini endi boshlaganlar, ya’ni o‘rganuvchilar.

🔴 Qizil xakerlar (Red hat, bu nomni Linux operatsion tizimidagi Redhat bilan adashtirmang). Bular ham yaxshilar tomonida. Oq xakerlar, qora xakerlardan himoyalanishsa, qizil xakerlar, qora xakerlarga qarshi kurashadilar, ularni o‘zlariga hujum qilishadi.

Asosiylari shular, ko‘rib turganingizdek, qora xakerlardan boshqa hammasi - ularga qarshilardir. Shunday ekan, aslo buzg‘unchi bo‘lmang, ularning joyi ertami-kechmi # ortida bo‘lishi aniq!

☝️ Ushbu post nima uchun yozildi? Hozirda "Wi-Fi routerni qanaqa buzadi? Kim buzib bera oladi?" degan savollar ko‘payib ketmoqda, aslo buzg‘unchi va firibgar bo‘lmang. Bizning davlatda ham, firibgarlik haqida jinoyat kodeksida aytib o‘tilgan.

📝 Manba: @planetait

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

tgoop.com/itspecuz/3819
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3819

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

As the broader market downturn continues, yelling online has become the crypto trader’s latest coping mechanism after the rise of Goblintown Ethereum NFTs at the end of May and beginning of June, where holders made incoherent groaning sounds and role-played as urine-loving goblin creatures in late-night Twitter Spaces. Developing social channels based on exchanging a single message isn’t exactly new, of course. Back in 2014, the “Yo” app was launched with the sole purpose of enabling users to send each other the greeting “Yo.” 4How to customize a Telegram channel? To view your bio, click the Menu icon and select “View channel info.” Telegram channels fall into two types:
from us

Telegram IT specialist
FROM American