ITSPECUZ Telegram 3845
#operatsion_tizim #maslahat

Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish 🖥

Shunday ishlar borki, agar bu ishlarni Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng bajarmasangiz, keyinchalik ish jarayoningizga ta’sir qilmay o‘tmaydi. Demak, bu ishlar quyidagilar:

1️⃣. Kompyuter nomi va foydalanuvchi nomini iloji boricha lotin (ingliz) yozuvida bering. Ba’zi dasturlar borki, kirill yozuvli foydalanuvchi nomi bilan ishlamaydi (misol uchun: Oracle DB).

2️⃣. Windows operatsion tizimini aktivatsiya qiling.

3️⃣. Biror lokal tarmoqda ishlasangiz, Windows brandmaueri (Firewall, tarmoqlararo ekrani)ni sozlang, agar sozlashni bilmasangiz, uni o‘chirib qo‘ying, aks holda sizga rosa xalaqit beradi. Windows 10 uchun brandmauerni o‘chirish uchun quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘tasiz: Пуск → Панель управления → Брандмауэр Windows.

4️⃣. Windows operatsion tizimini yangilang va avtomatik yangilanishni o‘chirib qo‘ying. Sababi, keyingi chiqadigan yangilanishlar siz ishlatayotgan dasturlarga qanday ta’sir qilishini bilmaysiz. Oldin tekshirib, keyin qo‘lda o‘rnatganingiz ma’qul.

5️⃣. Drayverlarni o‘rnating.

6️⃣. Kun, vaqt va vaqt mintaqasini to‘g‘ri o‘rnating. O‘zbekiston uchun vaqt mintaqasi: UTC+5.
Windows 10 uchun vaqt mintaqasini o‘rnatish: Пуск → Параметры → Время и язык.

7️⃣. Asosiy dasturlarni o‘rnating.

8️⃣. Qurilmalarni ishlashini birma-bir tekshiring: Ovoz chiqishi, video ko‘rsatishi, Wi-Fi modul va Bluetooth modul ishlashini, sizda mavjud bo‘lgan barcha periferik qurilmalarni (printer, skaner, mikrofon va hokazo) ishlashini tekshirib chiqish lozim.

9️⃣. Kompyuterdan qancha vaqt foydalanmaganda uyqu rejimi (спящий режим)ga o‘tishini sozlang. Windows 10 uchun uyqi rejimini sozlash: Пуск → Параметры → Система → Параметры питания и спящего режима.

🔟. Kompyuterni qayta yuklang (Перезагрузка) va yaxshi yuklanishi, dasturlarni ishlashini nazorat qilib chiqing.

👆🏻Bular eng asosiylari, qolgan sozlamalarni har bir foydalanuvchi o‘z ish jarayonidan kelib chiqib sozlayveradi.

📍Ushbu maslahatimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!” 😉

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

tgoop.com/itspecuz/3845
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3845

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

How to build a private or public channel on Telegram? Just as the Bitcoin turmoil continues, crypto traders have taken to Telegram to voice their feelings. Crypto investors can reduce their anxiety about losses by joining the “Bear Market Screaming Therapy Group” on Telegram. Some Telegram Channels content management tips Invite up to 200 users from your contacts to join your channel Users are more open to new information on workdays rather than weekends.
from us

Telegram IT specialist
FROM American