tgoop.com/itspecuz/3907
Last Update:
#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish
Telegram'da yoki Telegram-da? 🤔
Matningiz kirill alifbosida bo‘lsayu, gapda lotin alifbosida yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlar ham ishtirok etsa va ularga qo‘shimcha qo‘shilsa, ya’ni bir so‘zda ham lotin, ham kirill alifbosi qatnashsa, qanday yo‘l tutiladi? Bu lotin alifbosidagi atama va nomlarga lotin alifbosidagi harflarni qo‘shib yozishga ham birdek taalluqlidir.
❗️Bunday hollarda apostrof ishlatiladi.
Apostrof (’) — bu o‘zbek lotin alifbosida tutuq belgisi deyiladigan, ko‘rinishi teshigi bo‘yalgan va satrning yuqori qismida joylashgan 9 raqamiga o‘xshagan belgidir: aʼlo, baʼzan, eʼlon, eʼtibor, sanʼat.
⌨️ Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish: Alt + 0146
Bu belgining mana bunday (') bosma shakli ham bor. Bir so‘zda ikki alifboni ajratish uchun shaxsan men belgining aynan shu shaklini ishlatishni ma’qul ko‘raman.
⌨️ Kompyuter klaviaturasida belgining bosma shaklini chiqarish uchun: Alt + 39
📍 Microsoft Word dasturida Alt + 0146 va Alt + 39 klaviatura birikmalari orqali ushbu simvollarni kiritishda ular o‘rtasidagi farq sezilmaydi, biroq Telegram'ning o‘zi yordamida matn kiritilganida buni darhol sezish mumkin, bunday belgilarga ahamiyat berish uchun Telegram Desktop dasturi sozlamalarida uning masshtabini mos tarzda oshirib olish tavsiya etiladi.
Misollar:
• Telegram'dagi kanal ✅
• Mening E-mail'im ✅
• Coca-Cola'dan taklif ✅
• Instagram'dan foydalanish ✅
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Aslida, bu kabi xorijiy so‘zlar turlanmasligi kerak, lekin texnologik taraqqiyot zamoni o‘z talablarini ilgari surmoqda.
Yuqoridagi misollar quyidagicha yozilishi til normalariga mos keladi:
• Telegram messenjeridagi kanal ✅
• Mening E-mail manzilim ✅
• Coca-Cola kompaniyasidan taklif ✅
• Instagram ilovasidan foydalanish ✅
📝 Manba: @xatoliklarℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
• Chiziqchaning turlari.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3907