tgoop.com/itspecuz/3935
Last Update:
#word #bilasizmi
Muayyan bir matn bo‘lagi qatnashgan sahifani qanday qilib albomli ko‘rinishga keltirish mumkin? 📄
Hujjat bilan ishlagan paytingizda ba’zida shunday holat yuzaga keladiki, matnning bir bo‘lagini albomli sahifa ko‘rinishiga o‘zgartirib, qolgan matnni kitobli sahifa ko‘rinishda qoldirishga to‘g‘ri keladi.
Buning uchun ushbu ko‘rsatmaga amal qiling:
— 1-qadam
Kerakli abzats(lar), jadval, ro‘yxat elementi, xullas matn qatnashgan fragmentni dastlab belgilab oling, so‘ngra “Макет” → “Параметры страницы”ga o‘ting.
— 2-qadam
Kerakli sahifa ko‘rinishini tanlang (bizning holatimizda — albomli).
— 3-qadam
Muloqot oynasi ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Применить к выделенному тексту” bandini tanlang va “OK” tugmasini bosing.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3935