tgoop.com/itspecuz/3966
Last Update:
#operatsion_tizim #smartfon #android
Har qanday Windows o‘rnatilgan kompyuterda Android telefoni ekranini aks ettirish va boshqarish 📱🖥🖱
Buni “scrcpy” kengaytmasi yordamida ushbu ko‘rsatmaga ko‘ra amalga oshirish mumkin:
1. “scrcpy” kengaytmasi arxivini kompyuteringizga yuklab oling va arxivdan alohida papkaga ajrating.
2. O‘z Android’ingizda sozlamalarga o‘ting.
3. Pastga qarab tushing va “О телефоне” ustiga bosing.
4. Eng pastida o‘zingizdagi “Номер сборки”ni toping.
5. “Номер сборки” maydoni ustiga 7 marta ketma-ket bosing.
6. Buni amalga oshirganingizdan so‘ng “Теперь вы разработчик!” xabari yuzaga kelganini ko‘rasiz.
7. “Настройки”da “Параметры разработчика”ga kiring.
8. “Отладка по USB” opsiyasini yoqing.
9. Telefoningizni USB-kabel yordamida ulang.
10. Shaxsiy kompyuteringizda “scrcpy.exe” fayli ustiga ikki marta bosing.
11. Telefonda yuzaga kelgan “Разрешить отладку по USB?” xabarini tasdiqlang.
12. Android telefoningizning ekrani ishchi stolida oyna ko‘rinishida paydo bo‘ladi.
🏷 Izoh: Ushbu kengaytma faqat 64 razryadli Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar uchun mo‘ljallangan va 32 razryadli Windows'larda ishlamaydi.
Agar siz “scrcpy” kengaytmasini Android telefonisiz ishga tushirsangiz, sizga shunchaki xatolik to‘g‘risidagi xabar ko‘rsatiladi.
📌 Eslatma: Smartfon turi va proshivkasiga qarab, sozlamalarning joylashuvi va nomlanishi farqlanishi mumkin.
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
ℹ️
• Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?
• Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/3966