tgoop.com/itspecuz/4051
Last Update:
#word #maslahat
Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi? 🗜🤔
— 1-qadam
Agar hujjatingiz eski formatda bo‘lsa, unda uni .docx
formatiga o‘tkazing. Ushbu format diskda nisbatan kamroq joy egallaydi.
— 2-qadam
Agar hujjatda rasmlar mavjud bo‘lib, ularni siqishni istasangiz — saqlash vaqtida Сервис tugmasi va Сжать рисунки bandiga bosing.
— 3-qadam
Hujjatdan shaxsiy va berkitilgan ma’lumotni o‘chirib tashlang. Buning uchun yuqoridagi menyu satrining Файл varaqa (вкладка)si → Сведения → Найти проблемы → Проверить документ’lar bo‘ylab o‘ting.
Tekshiruv tugallanganidan so‘ng — Удалить всё tugmasini bosing.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4051