tgoop.com/itspecuz/4128
Last Update:
#word
MS Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish 🔄
Word’dagi standart shrift — Calibri, biroq ko‘pincha hujjatni boshqa shriftlarda tayyorlashga to‘g‘ri keladi: Times New Roman, Verdana, Arial va boshq.
Har doim sizga kerak bo‘lgan shriftni o‘zgartirib o‘tirmaslik uchun, uni shunchaki qoida bo‘yicha shrift sifatida o‘rnatib qo‘ying. Bu esa quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Главная varaqa (вкладка)siga o‘ting;
2. Шрифт sozlamalariga o‘ting (CTRL + D);
3. Ro‘yxatdan o‘zingizga kerakli bo‘lgan shriftni tanlang (aksariyat holatlarda bizda bu Times New Roman);
4. Oynaning pastki chap burchagidagi По умолчанию tugmasini bosing;
5. Ochilgan oynachada ikkinchi band, ya’ni “всех документов, основанных на шаблоне Normal”ni tanlang;
6. Joriy oynacha ostidagi OK tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni tasdiqlang.
Endi MS Word dasturida har safar yangi hujjat yaratganingizda, u tarkibida qoida bo‘yicha Siz tomondan tanlagangan shrift bilan yaratiladi.
✅ Qolgan foydali sozlamalarni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ushbu matn va video orqali bilib olishingiz mumkin (video ovozsiz yozilgan bo‘lsa-da, barcha harakatlar intuitiv tarzda tushunarli keltirilgan).
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4128