tgoop.com/itspecuz/4195
Last Update:
#bilasizmi #smartfon #android
Xotira (microSD) kartalaridagi uchrab turadigan muammolar va "LOST.DIR" papkasi nima? 🤔
microSD kartasi foydalanuvchilarida uchrab turadigan muammolar sirasiga quyidagilar:
– Fayl va papkalarning o‘z-o‘zidan yo‘qolib qolishi;
– Rasm, video va musiqalarning "yarim chala" o‘qilishi;
– Smartfonning qotib ishlashi, o‘chib qolishi, batareya quvvatining tez sarflanishi;
– microSD kartasining "format" so‘rab qolishi va tez-tez uzilib turishi;
– "LOST.DIR" papkasining tushunarsiz fayllar bilan to‘lib ketishi ...va hokazolar kiradi.
Yuqoridagi muammolarning asosiy sabablari "qalbaki" va "umri tugagan" microSD kartalaridan foydalanishdir!
"Qalbaki" xotira kartasi Samsung, SanDisk, Toshiba, Transcend va hokazo nomlar bilan uchrashi mumkin, lekin ishlab chiqaruvchi nomi yozilmagan "microSD" yozuvining o‘zi ko‘rsatilganlari ham mavjud. Odatda yozuvlardagi ranglar ham tiniq emas va tezda o‘chib ketadi.
Xotirani to‘ldirish uchun ko‘proq ma’lumot yozilganda, ma’lum miqdordan so‘ng yozish tezligi kamayib, xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. Sababi — xotiraning haqiqiy hajmini dasturiy qismi o‘zgartirilgan bo‘ladi. Masalan, 8 Gb hajmdagi xotirani — 32 Gb deb ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun yangi microSD kartasini xarid qilganda, imkon boricha birinchi o‘rinda muhim bo‘lmagan ma’lumotlarni ko‘proq hajmda yozib tekshirib ko‘ring.
"Umri tugagan" microSD kartalar asosan yillar davomida muntazam foydalanilgan va manbasi (resursi) tugab borayotganlari hisoblanadi.
Umuman deyarli har bir xotira turida yozish va o‘qish sikli chegaralangan bo‘ladi va yillar davomida avtomobil videoregistratorida qo‘llanilgan microSD kartani smartfoningizga o‘rnatmaslik tavsiya etiladi.
❗️microSD kartadagi "LOST.DIR" papkasini tekshirib turish ham, muammolarni aniqlashga yordam beradi.
LOST.DIR papkasi — bu xotira kartasi smartfonga o‘rnatilganda, avtomatik ravishda yaratilgan Android tizim papkasidir. Lost "yo‘qotilgan" deb tarjima qilinadi va DIR "papka" degan ma’noni anglatadi yoki aksincha, "katalog"ning qisqartmasi deyish ham mumkin.
Odatda ushbu papka bo‘sh bo‘ladi, lekin tashqi xotiradan muntazam foydalanish jarayonida, sanoqli va tushunarsiz fayllar paydo bo‘lishni boshlashi mumkin.
Hajmi kichik (Kb, Mb) va soni 5-10 ta bo‘lgan fayllarning ushbu papkada bo‘lishini tabiiy deb qarash mumkin. Lekin fayllarning soni va hajmi oshib borsa, demak xotira kartasida muammo bor va imkon boricha zarur ma’lumotlarni boshqa joyga ko‘chirib olganingiz ma’qul.
📝 Manba: @gsmgurus_FAQ
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4195