tgoop.com/itspecuz/4216
Last Update:
#word
Rasmni aylana ko‘rinishida qanday kesish mumkin? 🟡✂️
Ba’zi holatlarda, masalan, rezyume yaratishda, rasm o‘ziga xos tarzda ko‘rinishi uchun, uni aylana yoki istalgan boshqa shakl ko‘rinishida kesish zarurati yuzaga kelishi mumkin, buni chetki grafik muharrirlarga chalg‘imasdan, Word'ning o‘zida turib amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Buning uchun kerakli rasmni belgilang, “Формат” varaqa (вкладка)siga o‘ting, Размер bo‘limida Обрезать tugmasi ostidagi pastga qaratilgan strelkachaga bosing va Обрезать по фигуре bandini tanlang.
Yuzaga kelgan menyuda rasm kesilishi lozim bo‘lgan shaklni tanlashingiz mumkin. Bunda rasmning barcha proporsiyalari saqlanib qoladi.
📌 P.S.: Rasmni bu tariqa kesish mumkinligi haqida xabaringiz bormidi?
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4216