tgoop.com/itspecuz/4220
Last Update:
#maslahat #operatsion_tizim #internet #word
✊🏻🇺🇿 Aziz do‘stlar, aka-uka, opa-singillar!
Barchangizni bugungi – "O‘zbek tili bayrami kuni" bilan chin qalbdan tabriklab, ushbu kunning mavzusiga yaqin bo‘lganligi uchun, kanalimizda bundan ilgari ulashilgan postni qayta ulashishni lozim deb topdik!
Ozmi-ko‘pmi, kanalda auditoriya soni ortdi, kimdir bizni tark etdi, kimdir esa yangi qo‘shildi va ushbu postga ahamiyat bermagan bo‘lishi mumkin. Marhamat, berilgan maslahatlarimizdan foydalaning va joiz deb bilsangiz, yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring.
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni tag‘in katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.
Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.
1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.
2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL + ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.
Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz, degan umiddamiz.
1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉
2️⃣. Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida ham o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz. Dasturning imkoniyatlari sizga ma’qul keladi, degan umiddamiz!
3️⃣. Qo‘shimcha sifatida Sizga o‘zimizning Internet makonida taqdim etilib kelinayotgan quyidagi xizmatlarni tavsiya etamiz:
👉🏻 Matn.uz
👉🏻 Savodxon.uz
📌 Bu haqda Sizning xabaringiz bormidi?
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4220