tgoop.com/itspecuz/4310
Last Update:
#smartfon #android #operatsion_tizim #internet
Kompyuterni Android-qurilma orqali internetga ulaymiz 📱📶🖥
Smartfon orqali internetni boshqa qurilmalarga – kompyuter, noutbuk, netbuk yoki planshetlarga uzatish ehtiyoji keyingi paytlarda zaruratga aylanib borayotir. Ayniqsa, tegishli hududda uyali aloqa operatorining 3G, 4G (LTE) tarmog‘i qamrovi mavjud bo‘lsa-yu, ammo simli internet hali yetib kelmagan bo‘lsa. Masalan, dala hovliga chiqib olib, toza havoda oyoq uzatib o‘tirgancha noutbukingiz yordamida ayrim ishlaringizni qilib kelmoqchisiz. Shunda birdan internetga ulanish kerak bo‘lib qolsa…
Bu kabi hollarda smartfoningizdan modem sifatida foydalanib, noutbukdan internetga ulanishingiz mumkin. Faqat buning uchun tarifingizda internet nisbatan arzon bo‘lishi yoki internet-to‘plam xarid qilgan bo‘lishingiz lozim, aks holda telefoningiz hisobidan anchagina mablag‘ ketib qolishi aniq.
Xullas, Windows tizimidagi kompyuter yoki noutbukka smartfondan internet uzatishning uchta usuli bor: USB-kabel yordamida, Bluetooth yoki Wi-Fi tarmog‘i orqali. Bular orasidan Bluetooth-ulanish nisbatan eskirganligi, ko‘pchilik kompyuter/noutbuklarda mazkur interfeys yo‘qligi hamda tezligi ancha pastligi sababli, quyida qolgan ikki usulni ko‘rib chiqamiz.
👉🏻 Batafsil...
📌 P.S.: Siz smartfoningizdagi internetni kompyuteringizga asosan qanday usulda uzatasiz, simli usuldami - 🖥 yoki simsiz - 💻?
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4310