tgoop.com/itspecuz/4316
Last Update:
#word
Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash 📄⌨️
Word'dagi hujjatlar bilan ishlab, ko‘pincha bir xil amallarni bajarishimizga to‘g‘ri keladi. Masalan, biz sarlavhalarni belgilaymiz va ularning shriftini o‘zgartiramiz. Bunda bitta sarlavhani belgilab, unga nisbatan kerakli shriftni qo‘llash hamda ushbu amalni yana va yana qaytarish kerak bo‘ladi.
Yoki masalan so‘zlardagi ma’lum harflarga urg‘u belgisini qo‘llash bo‘lsin. Aytgancha, buni ushbu yo‘sinda amalga oshirish mumkin: kerakli harfning ortidan kursorni o‘rnatamiz, va ALT klavishini bosib, ushlab turgan holda, klaviaturaning raqamli qismida – 769 sonini kiritamiz. Bunday urg‘u belgilarini yuzlab so‘zlarga nisbatan qo‘llash lozim bo‘lsa, unda nima qilamiz?
Word'da so‘nggi funksiyani qayta qo‘llash uchun F4 klavishidan foydalanamiz. Urg‘u belgilarini o‘rnatish misolida – dastlabki belgini ALT-kod orqali qo‘llab, keyingi barcha belgilarni F4 orqali qayta qo‘llaymiz.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami;
• Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar;
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4316