tgoop.com/itspecuz/4387
Last Update:
#word #smartfon #android
Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida 🔄
Ko‘pincha bizga kirill yoki lotin alifbosida materiallar kelganida ularni kirilldan-lotinga, lotindan-kirillga o‘girish ehtiyoji paydo bo‘lib turadi. Bundan tashqari hujjatimizni odatdagidek emas, balki kitob ko‘rinishida chop etish ehtiyoji ham yuzaga keladi. Siz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganimiz, Translit dasturi ana shu muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi.
👉🏻 Batafsil...
📎 Microsoft Word matn muharriri uchun Translit dasturini yuklab olish.
1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉
2️⃣. Qo‘shimcha sifatida Sizga o‘zimizning Internet makonida taqdim etilib kelinayotgan quyidagi xizmatlarni tavsiya etamiz:
👉🏻 Matn.uz
👉🏻 Savodxon.uz
👉🏻 @LotinKiril_bot
👉🏻 @bexatobot
📌 Quyida keltirilgan ko‘rsatmaga amal qilishingiz mumkin: Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4387