tgoop.com/itspecuz/4428
Last Update:
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar
Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi ☝🏻
Hindistondagi kambag‘al bir oilada tug‘ilgan Sundar Pichai hozir dunyodagi eng yirik va ilg‘or texnologik kompaniyalardan bo‘lgan Google ijrochi direktori lavozimida ishlamoqda. Uning bu muvaffaqiyatga erishish yo‘li haqida alohida maqola e’lon qilingan.
Inc.com nashri yozishicha, Pichai o‘zining hayot yo‘liga nazar solib, kishining hayotda yuksak yutuqlarga erishishida kerak bo‘lgan ikkita asosiy tamoyilni aytgan. Unga ko‘ra, bular – “qattiq qiziqish va obyektivlik” ekan.
Sundar Pichaining o‘zi aytishicha, to o‘n yoshga to‘lgunicha ularning uyida telefon ham bo‘lmagan. U o‘z yurtida bakalavr diplomiga ega bo‘lgach, AQShga yo‘l olgan – Stenford universitetida va Uorton biznes maktabida davom ettirgan. Bu esa unga o‘zi qiziqqan ish – kompyuterdan bemalol foydalanish imkonini bergan.
Google ijrochi direktorining ta’kidlashicha, kishi birinchi navbatda o‘zi nimaga kuchli qiziqishiga aniqlik kiritib olishi lozim. Shaxsan o‘zi uchun texnologiyalar eng qiziqarli soha ekanligiga amin bo‘lgach, u shu yo‘nalishga obyektiv tarzda intilgan. Ya’ni, texnologiyalar bo‘yicha qayerda yuqori muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligini aniqlab, vaziyatga real ko‘z bilan qarab, maqsad sari intilgan. Natijani esa hozir butun dunyo biladi – qashshoq xonadondan chiqqan hind hozir qidiruv giganti direktori sifatida faoliyat yuritmoqda.
📝 DiMaX @terabaytuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Bill Geyts haqida postlar
• Djeff Bezos haqida postlar
• Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
• Stiv Jobs va “Pixar” animatsion kompaniyasi
• Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
• Telegram asoschisi Pavel Durov pul va boylik xususida
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4428