tgoop.com/itspecuz/4438
Last Update:
#security #smartfon #android
Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak! 📲
Ruminiyaning axborot xavfsizligi sohasidagi Bitdefender kompaniyasi Google Play ilovalar do‘konidagi 17 ta dasturning xavfli ekanini e’lon qildi. Ushbu ilovalar o‘z holicha ziyonkor emas, lekin baribir smartfoningizda bo‘lmagani ma’qul, deyishmoqda mutaxassislar.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, ular qurilmaga o‘rnatilganidan so‘ng o‘zining tizimda mavjudligini yashira boshlaydi. Natijada smartfon egasi hamisha ekranga chiqib qolaveradigan reklamalar qurboni bo‘ladi. Ilova o‘rnatilganidan so‘ng to‘rt soat o‘tib, har xil vaqt oraliqlarida reklama chiqara boshlaydi. Bu bilan ular trafikni ko‘p sarflab, yana akkumulyator quvvatining ham ortiqcha xarjlanishiga olib keladi.
📋 Mana, ularning to‘liq ro‘yxati:
1. Car Racing 2019; ishlab chiquvchi – Racing 3D Game
2. 4K Wallpaper (Background 4K Full HD); ishlab chiquvchi – Ames Co.Ltd
3. Backgrounds 4K HD; ishlab chiquvchi – wixi
4. QR Code Reader & Barcode Scanner Pro; ishlab chiquvchi – Ames Co.Ltd
5. File Manager Pro – Ames Co. Ltd. Ltd. SD Card / Explorer Manager
6. VMOWO City: vmowo Speed Racing 3D
7. Redads Barcode Scanner
8. Screen Stream Mirroring; ishlab chiquvchi – Amanote
9. QR Code – Scan & Read a Barcode of Mob Net
10. Period Tracker – Cycle Ovulation Women’s; ishlab chiquvchi – Ames Co. Ltd.
11. QR & Barcode Scan Reader; ishlab chiquvchi – amazi
12. 4K wallpapers, HD Backgrounds; ishlab chiquvchi – amazi
13. Transfer Data Smart; ishlab chiquvchi – Amanote
14. Explorer File Manager; ishlab chiquvchi – amazi
15. Today Weather Radar; ishlab chiquvchi – Amanote
16. io : Big Fish Frenzy; ishlab chiquvchi – Mob Net
17. Clock LED; ishlab chiquvchi – Maint
Ushbu dasturlar Google Play katalogidan 550 ming martadan ortiq o‘rnatib olingan. Ular turli o‘yinlar, oboylar va foydali utilitalar ko‘rinishida niqoblana oladi. Ularning aksariyati ilovalar do‘konidan olib tashlangan, lekin foydalanuvchilarning qurilmalarida o‘rnatilgan holida qolib ketgan bo‘lishi mumkin va ularni o‘chirib yuborish kerak.
📝 DiMaX @terabaytuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4438