tgoop.com/itspecuz/4510
Last Update:
#operatsion_tizim
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash 🔄
Windows'ni qayta o‘rnatish paytida drayverlarni qurilmaga qaytadan o‘rnatish zarurati yuzaga keladi. Ko‘p holatlarda barcha drayverlar avtomatik ravishda ShK tarmoqqa ulanganidan keyin o‘rnatiladi. Har ehtimolga qarshi biz drayverlarning rezerv nusxasini yaratib, zarurat paydo bo‘lganida qayta tiklashimiz mumkin.
📤 Rezerv nusxasini yaratish uchun:
1️⃣. Drayverlarni saqlash uchun istalgan nomdagi, lekin esingizda qoladigan papkani yarating. Misol uchun biz quyidagi yo‘nalish bo‘yicha papkadan foydalanamiz: D:\drivers
.
2️⃣. Командая строка (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiring.
3️⃣. Quyidagi buyruqni kiritib, ENTER'ni bosgan holda tasdiqlang: dism /online /export-driver /destination:"D:\drivers"
.
📥 Tiklash uchun:
1️⃣. Мой компьютер (Этот компьютер)ning Свойства oynasini ekranga chaqiring (sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan ushbu belgi ustiga bosish yoki WIN+PAUSE/BREAK klavishlari birikmasi orqali). Oynaning chapki panelidagi Диспетчер устройств (Qurilmalar dispetcheri)ga o‘ting. Kerakli qurilma ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Обновить драйверы (Drayverlarni yangilash)ni tanlang.
2️⃣. Выполнить поиск драйверов на этом компьютере (Drayverlarni ushbu kompyuterdan izlash)ni tanlang.
3️⃣. Обзор tugmasi orqali D:\drivers
papkasiga bo‘lgan yo‘nalishni ko‘rsating va Включая вложенные папки (Ichki papkalarini ham hisobga olish) bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.
📌 P.S.: Windows operatsion tizimini o‘rnatib, barcha drayverlarni o‘rnatib bo‘lgandan keyin ushbu ko‘rsatmaga muvofiq drayverlarning nusxasini yaratib olib, keyin papkani arxiv ichiga olib qo‘ysangiz, Windows qayta o‘rnatish mahali drayver izlab sarson bo‘lmaysiz.
Dastlabki boshqichda ko‘p dasturlar o‘rnatilmagan mahali drayverlardan nusxa olib qo‘yish shunisi bilan ham ahamiyatliki, bunda ortiqcha virusli yoki boshqa zararkunanda fayllarni yuqtirib olish ehtimoli pastroq bo‘ladi. Operatsion tizimingizdan oqilona foydalaning! 😉
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4510