tgoop.com/itspecuz/4533
Last Update:
#bilasizmi #operatsion_tizim #hardware
Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak? ⌨️😣
Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay, tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin.
Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak?
• Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin;
• ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor;
• Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT + CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri qayta yuklanadi;
• Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi mumkin;
• CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida to‘xtatish mumkin;
• Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana ishlab ketishiga sabab bo‘ladi;
• Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor;
• Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin;
• Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin.
🤝 @featureuz blogi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
📌 P.S.: Kompyuteringiz qanday konfiguratsiyada bo‘lishidan qat’i nazar, u dastlab ishga tushirilgan payt ham imkon qadam uning “nafasini rostlab olishiga”, ya’ni barcha kerakli dasturlarni yuklab olishiga 2-3 daqiqa vaqt berish kerak.
📝 DiMaX @terabaytuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan buyruqlar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4533