tgoop.com/itspecuz/4538
Last Update:
#word
Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish 🧾
Agarda jadvalda satrlar soni ko‘p bo‘lib, u bir nechta sahifalarni egallashiga to‘g‘ri kelsa, u holda jadval sarlavhasini qolgan sahifalarda ham ko‘rinadigan qilib sozlash maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun sarlavha sifatida ko‘rinib turishi lozim bo‘lgan satr(lar)ni belgilang, belgilangan fragment ustidan sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Свойства таблицы'ni tanlang. Ochilgan muloqot oynasining Строка bo‘limiga o‘ting va Повторять как заголовок на каждой странице bandi yoniga qushcha belgisini o‘rnating,
Agarda jadvalning dastlabki (asl) sarlavhasidagi biror matn tahrirlansa, ushbu o‘zgartirish avtomatik ravishda qolgan sahifalardagi sarlavhalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
📌 P.S.: Bundan Sizning xabaringiz bormidi?
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4538