tgoop.com/itspecuz/4647
Last Update:
#word
Word dasturi uchun o‘z qaynoq klavishlarimizni belgilashimiz mumkinmi? ⌨️🤔
Word'dagi deyarli istalgan harakat uchun yangi klavishlar birikmasini belgilab qo‘yishimiz mumkin. Buning uchun esa quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
— 1-qadam
Menyu satrining Файл varaqa (вкладка)si → Параметры → Настроить ленту → Сочетания клавиш bo‘limiga o‘ting. Kerakli buyruq uchun tegishli bo‘lgan kategoriyani tanlang.
— 2-qadam
Oynaning ostki qismidagi tavsif (Описание)ga asoslangan holda mos keluvchi bo‘limdan kerakli buyruqni tanlang.
— 3-qadam
Новое сочетание клавиш bo‘limiga sichq. chap tugmasi bilan bosing va klaviaturada istalgan klavishlar birikmasini kiriting.
— 4-qadam
Назначить tugmasini bosgan holda kiritilgan klavishlar birikmasini buyruq uchun belgilayotganingizni tasdiqlang.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4647