tgoop.com/itspecuz/4701
Last Update:
#excel
Xatoliklarni avtomatik ravishda ajratib ko‘rsatish ⭕️
Agar siz katta jadvallar uchun formulalarni qo‘llasangiz, ba’zida xatoliklar yuz berishi mumkin, ularni qo‘lda to‘g‘rilash uchun izlab topish esa ko‘p vaqtingizni olishi tabiiydir.
Agar siz yacheykalarning belgilangan diapazonida barcha xatoliklar muayyan bir rang bilan ajralib turishini istasangiz, unda quyidagi qadamlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi:
— 1-qadam
Kerakli yacheykalarni belgilang va menyu satrining Главная varaqa (вкладка)si → Условное форматирование → Правила выделения ячеек bandlari bo‘ylab o‘ting.
— 2-qadam
Другие правила tugmasini bosing va paydo bo‘lgan oynada Ошибки bandini tanlang.
— 3-qadam
Формат tugmasi yordamida xatolikni ajratib ko‘rsatuvchi rangni tanlang va OK tugmasini bosing, tayyor.
ℹ️ Qo‘shimcha tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4701