tgoop.com/itspecuz/4893
Last Update:
#maslahat
Motivatsiya (yoki ilhom) haqida 📈
Agar biror ishni faqat ilhom kelganda (ya’ni xohish bo‘lgandagina) qiladigan bo‘lsangiz, unda boshlashning ham keragi yo‘q. Ilhom (yoki motivatsiya)ning muhim ekanligi – bu biror ishni boshlolmayotgan dangasalar o’ylab topgan safsata xolos.
❗️Birinchidan – motivatsiya doim ham bo‘lmaydi. Omadingiz kelsa ko‘pi bilan bir haftada bir marta kelib qolishi mumkin.
‼️ Ikkinchidan – tayinli biror natijaga erishish uchun vaqt ham kerak. Vaqtingiz bo‘lganda ilhom kelmay qolsachi?
To‘g‘ri, ba’zida ilhom kelganidan kechalari uxlolmay rejalar qilib chiqasiz, ammo ba’zida esa xatto o‘ylashga ham kuch topilmay qoladi.
Agar men ushbu blogni faqat ilhom kelganida yozganimda, bu yerda faqat 3ta post bo’lardi! ))
📥 Yechim oddiy. “Loop” mobil ilovasini smartfoningizga o‘rnatib, har kunlik rejani bajarib bo‘lmaguningizgacha uxlamaslikka harahat qilishingiz kerak.
📋 Kunlik reja uchun misollar:
• 5 bet kitob o’qish;
• 1 ta foydali videokurs ko’rish;
• 500 metr yugurish;
• 100 ta istig’for aytish va hokazo.
📍P.S.: Rahmatli shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ham kayfiyatlari qanday bo‘lishiga qaramasdan, kuniga 10 bet kitob yozgan ekanlar.
Xullas, motivatsiyani kutmang, gazini bosing, I believe in you! 💪
📝 Manba: @z_gulyamoff
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4893