ITSPECUZ Telegram 4954
#mulohaza_uchun #smartfon #internet #tarmoq

Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi? (+“jonli” video) 🤔

Odatda smartfonlarning qo‘llanmalarida ularning turli rejimlarda – 3G, 4G (LTE) tarmoqlarida va Wi-Fi tarmog‘ida ishlash vaqti ko‘rsatiladi. Ularning aksariyatida qurilmaning avtonomligi Wi-Fi hamda 4G tarmoqlarida bir xil, deb yozishadi.

Mobile Research Group
tahlilchilari qurilmalarning bu ikki tarmoqdan qay birida ko‘proq quvvat sarflashini tajribada aniqlashdi. Buning uchun bir xil rusumdagi ikkita smartfonning bittasini Wi-Fi tarmog‘i, ikkinchisini esa LTE orqali internetga ulab, ikkita tajriba o‘tkazib ko‘rishdi.

Birinchi tajribada bu qurilmalarning har ikkalasida YouTube'da bir soatlik film ko‘rishdi. Natijada bir soatdan so‘ng Wi-Fi ishlatayotgan smartfonning quvvati 75%, 4G ishlatayotganiniki esa 72% miqdorida qolgani aniqlandi.

Ko‘rib turibmizki, Wi-Fi hamda LTE tarmoqlarida akkumulyator sarfi aytarli farq qilmaydi, lekin 4G baribir “ochofatroq” ekan.

Biroq bu – smartfonlar bitta joyda turgan holidagi natijalardir. Ikkinchi tajribada esa tadqiqotchilar shu ikki smartfonni olib, tegishli tarmoqlarni yoqiq qoldirgan holda shahar kezib ko‘rishdi. Bunda endi 4G tarmog‘iga ulangan gadjet Wi-Fi ochiq turgan sherigidan ko‘ra 17 foizga ko‘p quvvat sarflagan!

🎞 Har ikkala tajribani rus tilidagi quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Smartfon harakatda bo‘lganida akkumulyator quvvati ko‘proq sarflanishini esa quyidagicha izohlash mumkin: bunda qurilma uyali aloqa operatorining bitta baza stansiyasi doirasidan chiqib boshqasiga, keyin yana navbatdagisiga ulanib boradi. Bu esa har gal quvvatning ko‘proq xarjlanishiga olib keladi.

Demak, yuqoridagi tajribalardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: avvalo, 4G tarmog‘iga ulangan smartfon quvvati Wi-Fi tarmog‘iga ulanganidan ko‘ra tezroq tugaydi. Qolaversa, qanday tarmoqqa ulangan bo‘lishidan qat’i nazar, telefon biror masofaga harakatlanganida, baza stansiyalari aro almashishlar sababli, akkumulyatorining zaryadi ko‘proq sarflanadi.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Ushbu postimizga qo‘shimcha ravishda quyidagilar bilan tanishib ko‘rish tavsiya etiladi:
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
Windows 10’da buyruq satri (Komandnaya stroka) yordamida Wi-Fi parolini topish
O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?
Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
Hujjatni parol bilan himoyalash
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

tgoop.com/itspecuz/4954
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4954

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

A vandalised bank during the 2019 protest. File photo: May James/HKFP. With Bitcoin down 30% in the past week, some crypto traders have taken to Telegram to “voice” their feelings. Co-founder of NFT renting protocol Rentable World emiliano.eth shared the group Tuesday morning on Twitter, calling out the "degenerate" community, or crypto obsessives that engage in high-risk trading. Informative Telegram offers a powerful toolset that allows businesses to create and manage channels, groups, and bots to broadcast messages, engage in conversations, and offer reliable customer support via bots.
from us

Telegram IT specialist
FROM American