tgoop.com/itspecuz/4973
Last Update:
#grafika #dizayn #rasm_bilan_ishlash
“Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi 🔤
✅ Serif — bunday shriftlarning serif'lari bor hisoblanadi. Serif bu harflar oxirini tugatadigan (ba’zan harflarning “oyoqlari” deb ham ataladigan) dekorativ qism. Serif shriftlari odatda an’anaviy, asosli va ishonchli degan ma’nolarni bildirish maqsadida qo‘llaniladi.
✅ Sans-serif — bunday shriftlarda serif mavjud emas. Sans-serif shriftlar asosan zamonaviy, norasmiy va do‘stona degan ma’nolarni berish uchun qo‘llaniladi.
❇️ Kompaniyalar to‘g‘ri ma’nolarni anglatish uchun bularga alohida e’tibor qaratishadi. Misol uchun: 2015-yilda Google o‘zining logosini Serif'dan Sans-serif'ga almashtirdi. Chunki Sans-serif shrifti Google xizmatlari taqdim etuvchi zamonaviylik, qulaylilik kabi ma’nolarni to‘g‘ri tasvirlaydi. Texnologiyaga asoslangan, doimo yangiliklar bilan ommani o‘ziga jalb qiluvchi kompaniya uchun bu maqsadli tanlov hisoblanadi.
📝 Manba: @sociallyuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'da bir nechta rasmlarning hajmini qanday o‘zgartirish mumkin?
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
• Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
• Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
• Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
• Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/4973