tgoop.com/itspecuz/5059
Last Update:
#word
Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin? 🧾
Word'da sahifaga chiziq tortishning eng qulay usuli – 1 ustunli jadvaldan foydalanishdir. Buning uchun esa quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajariladi:
— 1-qadam
Разметка страницы (Макет) menyu varaqa (вкладка)si → Поля → Настраиваемые поля bandlari bo‘ylab o‘ting va siz uchun qulay bo‘lgan maydonlarni o‘rnating. 1 santimetrdan katta bo‘lmasligini maslahat beramiz.
— 2-qadam
Вставка menyu varaqa (вкладка)si → Таблица → Вставить таблицу bandlari bo‘ylab o‘ting va 1 ustunga 25-30 satrni tanlang.
Shundan keyin tanlangan jadvalga oid Работа с таблицами menyu guruhidagi Макет menyu varaqa (вкладка)si → Размер ячейки bo‘ylab o‘tib, satrlar uchun mos balandlikni tanlang (0,8-1 sm).
— 3-qadam
Tanlangan jadvalga oid Работа с таблицами menyu guruhidagi Конструктор menyu varaqa (вкладка)sida Границы vositasi yordamida jadvalning chap va o‘ng chegaralarini o‘chiring.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5059