tgoop.com/itspecuz/5180
Last Update:
#word
Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin? 🤔
Agar jadvalda satrlar juda ko‘p bo‘lib, u bir nechta sahifalarni egallashiga to‘g‘ri kelsa, ushbu jadvalning sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilib “qotirib qo‘yish” maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun ko‘rinib turishi lozim bo‘lgan satrlarni belgilang (ular odatda 1-3 satr oralig‘ida bo‘ladi). sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan belgilanib turgan soha ustiga bosing va Свойства таблицы'ni tanlang. Ochilgan muloqot oynasida Строка bo‘limiga o‘ting va Повторять как заголовок на каждой странице bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating.
Agar dastlabki sahifadagi jadval sarlavhasi katagidagi biror matn tahrirlansa, kiritilgan o‘zgartirish avtomatik ravishda qolgan barcha sahifalarga nisbatan qo‘llaniladi (boshqa sahifalardagi qaytarilayotgan sarlavhalar shunchaki rasm kabi tahrirlanmaydigan rejimda bo‘ladi).
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5180