tgoop.com/itspecuz/5209
Last Update:
#operatsion_tizim #word #excel #powerpoint
🏎 Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
Matn kiritish tezligi sizda qanchalik yuqori bo‘lmasin, tan olish kerak — bir oynadan ikkinchisiga CTRL
+ C
, CTRL
+ V
klavishlari yordamida o‘tkazish doim qulay bo‘lib kelgan.
Lekin nusxalab o‘tkaziluvchi bunday fragmentlar ko‘p bo‘lib, matn katta bo‘lsachi? Hamma narsa yuz berishi mumkin: qayerga kelganingiz yodingizdan ko‘tariladi, tasodifan kerakli havolani yopib qo‘yasiz, qo‘ng‘iroqqa chalg‘iysiz va fikringizni yo‘qotasiz… Oynadan oynaga o‘tish esa har doim ham yoqavermaydi! Barcha kerakli narsalarni birdaniga nusxalab olishga nima deysiz?
Bir nechta fragmentlarni kesib oling yoki nusxalang (albatta CTRL
+ X
yoki CTRL
+ C
qaynoq klavishlari bilan), so‘ngra ular joylashtirilishi (Вставить qilinishi) lozim bo‘lgan oynaga o‘ting va WIN
+ V
'ni bosing.WIN
— bu “Пуск” menyusini chaqirish uchun xizmat qiluvchi Windows logotipi tushirilgan klavisha. Qoida bo‘yicha u chap-pastki qatorda, ALT
klavishining yonida joylashgan bo‘ladi. Agar almashinish buferi o‘chirilgan bo‘lsa, unda WIN
+ V
dastlabki marotaba bosilganida, uni faollashtirish taklifi yuzaga keladi.
Ko‘plab marotaba kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan fragmentlarni “qotirib” qo‘yish (“Pin” qilish) mumkin — shunda hattoki bufer tozalangan taqdirda ham ular hech qayerga ketib qolmaydi. Buning uchun elementdan o‘ng tomonda joylashgan uch nuqtali tugma ustiga bosing va “Закрепить”ni tanlang.
Fragmentlarni ketma-ket belgilash bilan birga, ularni bir nechta qurilmalarga yuborishga nima deysiz? Agar sizdagi qurilmalar (masalan, ish yoki uydagi kompyuter) bir akkauntga ulangan bo‘lsa, unda almashinish buferi ular uchun umumiy bo‘ladi. Buning uchun qidiruv menyusida “Параметры буфера обмена”ni kiriting va qurilmalar o‘rtasidagi sinxronizatsiyani faollashtiring.
Agar sizda Windows'ning eskiroq versiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, ishingiz esa Word, Excel yoki PowerPoint bilan bog‘liq bo‘lsa, unda MS Office ilovalarining istalganida Главная varaqa (вкладка)sidagi Буфер обмена (Almashinish buferi)ni faollashtirsangiz bas. Ushbu saqlagich matn bilan birgalikda rasmlar, jadvallarni ham saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, 24 taga qadar elementlarni o‘ziga sig‘dira oladi.
Aytgancha, ekran fragmentlarini WIN
+ SHIFT
+ S
klavishlari birikmasi yordamida tez va qulayroq nusxalash mumkin. Ixchamgina mini-skrinshot darhol almashinish buferiga borib tushadi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Kanalimizdagi Microsoft Word dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar mundarijasi
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5209