tgoop.com/itspecuz/5321
Last Update:
#powerpoint
Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz! 🚀
Taqdimotni yaratish vaqtida ko‘pincha yuzaga keluvchi muammo — bu bir vaqtning o‘zida bir nechta slaydlarda ma’lum bir shriftni boshqasiga almashtirishdir.
Bunday holatda bizga menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi Замена шрифтов buyrug‘i yordam berishi mumkin. Shriftlarni almashtirish oynachasida almashtirilishi kerak bo‘lgan shriftni tanlash va uni aynan qaysi shriftga almashtirishni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ushbu buyruqning asosiy afzalligi — almashtirish bir vaqtning o‘zida taqdimotning barcha slaydlarida amalga oshiriladi.
🎞 Batafsil ma’lumotni postga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin 👇🏻.
⚠️ Taqdimot tayyorlashda imkon qadar, bizda Microsoft Word dasturida foydalanish bo‘yicha urfga kirgan serifli – Times New Roman shriftidan foydalanmang, chunki uning uzoqroqdan turib o‘qilishi biroz mushkul.
Uning o‘rniga serifsiz – Calibri, Arial, Verdana, Tahoma shriftlaridan birini foydalanish uchun tanlashingiz mumkin, o‘zingiz uchun buni solishtirib, sinab ko‘rishingiz mumkin.
Shunda auditoriyaning ortidan turib taqdimotni kuzatuvchi tinglovchilarda matnni ilg‘ash borasida muammo yuzaga kelmaydi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5321