tgoop.com/itspecuz/5432
Last Update:
#operatsion_tizim
SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️
SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz.1️⃣
. shutdown /s
– kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.
2️⃣. shutdown /s /t 0
– kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish.
3️⃣. shutdown /h
– kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish.
4️⃣. shutdown /l
– joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash.
4️⃣. shutdown /r
– kompyuterni qayta yuklash.
5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7
– COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.
7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1
– 192.168.0.1
IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.
8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1
– 192.168.0.1
IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash.
❗️Post ostida ilova qilinayotgan dastlabki ikki mavzu orqali ham ushbu buyruq bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 👇🏻
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Windows 10’da gibernatsiya
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5432