tgoop.com/itspecuz/5440
Last Update:
#smartfon #android #hardware
🔋 Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
Smartfonning har bir quvvatlanishi batareyaning asl sig‘imini pasaytiradi. Batareya hajmining qisqarib borishi — muqarrardir. Ammo uning holatini maxsus dasturlar orqali kuzatib boradigan bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda batareyaning eskirishini sekinlashtira olasiz.
1️⃣. AccuBattery ilovasini yuklab olamiz. Endi u statistik ma’lumotlarni to‘playdi va batareyaning yemirilishini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berib boradi.
2️⃣. Bir necha kun davomida telefon zaryadini 0%'ga tushirib, uni 100%'ga qadar quvvatlaymiz.
Несколько дней разряжаем телефон до 0% и заряжаем до 100%. Bu orqali biz akkumulyatorning asl sig‘imini aniqlaymiz.
3️⃣. Tayyor: “Ёмкость” bo‘limida batareyaning holati ko‘rinib turadi.
Bu nima beradi: AccuBattery sizga batareyaning holatini kuzatib borishga yordam beradi, batareyani (sig‘imini kamroq yo‘qotish uchun) qancha foizga qadar zaryadlash samarali ekanligini va smartfoningizni zaryadlash/zaryadsizlantirish uchun qancha vaqt talab etilishini aytib beradi.📎
AccuBattery Pro v1.5.1.1 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5440