tgoop.com/itspecuz/5476
Last Update:
#telegram #bilasizmi #maslahat
⌚️ Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish
Siz bilmasligingiz mumkindir balki, ammo Telegram barcha kunlik vazifalar bo‘yicha maxsus menejer ilovalari o‘rnini bemalol bosishi mumkin. Masalan, nimanidir “Избранное” bulutli papkasiga yuborishdan tashqari, undan bararilishi lozim bo‘lgan vazifalarni eslatib turuvchi sifatida foydalanish, masalan, “Murodjonni shukrona kuni bilan tabriklash” deb 7-may, soat 10:30'ga taymerni sozlab qo‘yish mumkin. Juda qulay, to‘g‘rimi?
O‘QING: Telegram’ning “Saqlangan xabarlar” (Избранное) bo‘limidan foydalanishda e’tiborli bo‘ling.
📋 Eslatmaning yaratilish tartibi:
1️⃣. Telegram'ni ishga tushiramiz va undagi “Избранное” (Saved Messages) bo‘limiga o‘tamiz.
2️⃣. Eslatma uchun matnni kiritamiz va yuborish tugmasi ustiga bosib, biroz ushlab turamiz (Telegram Desktop'da yuborish tugmasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz).
3️⃣. “Задать напоминание” (Set a reminder)'ni tanlaymiz va xabar kelishi lozim bo‘lgan sana va vaqtni ko‘rsatamiz.
4️⃣. Telegram Desktop'da “Запланировать” (Schedule) / Android - iOS'da “Отправить” (Remind) tugmasi ustiga bosamiz va kutamiz.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5476