tgoop.com/itspecuz/5483
Last Update:
#excel
⤴️ Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash
Yangi yaratilgan va ma’lumotlar bilan uncha-muncha to‘ldirilgan jadvalni shoshib, Сохранить (Save) tugmasini bosmagan holda yopgan bo‘lsangiz, nima qilsa bo‘ladi? Havotir olmang — bunday faylni tiklashning imkoni bor.
Buning uchun menyu satrining Файл (File) varaqa (вкладка)sida Сведения (Info) quyi bo‘limiga o‘ting va Управление версиями (Manage Workbook) tugmasi ustiga bosing. Paydo bo‘lgan ro‘yxatda Восстановить несохраненные книги (Recover Unsaved Workbooks) bandini tanlang.
Shundan so‘ng muloqot oynasi ko‘rinishida maxsus papka tarkibi ko‘rsatiladi, u yerda qisqa muddatga barcha so‘nggi (yaratilgan yoki tahrirlangan) hujjatlarning nusxalari saqlanadi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash haqida
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5483