tgoop.com/itspecuz/5645
Last Update:
#word
Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi? 🤔
Word jadvallarida bir nechta formulalardan foydalanish ko‘zda tutilgan, ulardan foydalanish uchun kerakli yacheykani tanlash va Макет → Данные bo‘limining Формула tugmasini bosish lozim.
Ochilgan oynadagi Вставить функцию menyusida funksiyalardan biri tanlanadi va ma’lumotlar keltirilgan yacheykalar havolalari qo‘lda ko‘rsatiladi. Shunday qilib, post ostiga biriktirilgan rasmda keltirilgan misolda ushbu yacheykalar B2; C2; C3 koordinatalariga ega.
❗️Agar sizda natija o‘rniga shaklli ({}) qavslar ichida funksiya paydo bo‘lsa, ushbu yacheyka ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Коды/значения полей bandini tanlang.
🎞 Ushbu postimizga mos mavzuda keltirilgan (ovozsiz) video ko‘rsatmani ham tomosha qilishni tavsiya etamiz.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5645