tgoop.com/itspecuz/5676
Last Update:
#internet #maslahat
Internetda kamroq vaqt sarflash ushun 5 maslahat 🌐
1️⃣. Har qanday havolaga bosishdan oldin o‘ylab ko‘ring (balki bu batafsil tanishish uchun unchalik muhim emasdir);
2️⃣. Brauzerning qaynoq klavishlaridan foydalaning:
• CTRL
+ T
— yangi varaqa (вкладка)ni ochadi;
• CTRL
+ SHIFT
+ T
— so‘nggi yopilgan varaqa (вкладка)ni qayta ochadi. Tasodifan kerakli sahifani yopib qo‘ygan paytingizda foydali;
• CTRL
+ W
| CTRL
+ F4
— joriy varaqa (вкладка)ni yopadi. Agarda brauzerda faqat bitta sahiga ochilgan bo‘lsa, u holda dastur oynasini yopadi;
• CTRL
+ L
— kursorni brauzerning manzil satriga o‘tkazadi;
• CTRL
+ F
— joriy sahifa bo‘ylab qidiruv satrini chaqiradi.
⌨️ Brauzerning qolgan foydali klaviatura birikmalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
3️⃣. Ochilgan varaqa (вкладка)lar miqdorini ko‘paytirib yubormang (har biri bilan tanishib chiqishim kerak, deb ortiqcha vaqt yo‘qotishingiz mumkin);
4️⃣. Foydalanilmayotgan oyna/varaqa (вкладка)larni fonga o‘tkazib turing yoki yoping;
5️⃣. Brauzerdagi joriy qidiruv tizimidan emas, balki Google'dan foydalaning (bu uchun qoida bo‘yicha boshqa sayt o‘rnatilib qolgan bo‘lishi mumkin, sozlamalarga o‘tib buni to‘g‘rilashingiz mumkin).
ℹ️ Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5676