tgoop.com/itspecuz/5690
Last Update:
#word
Matndagi orfografik/grammatik xatoliklarni qanday berkitish mumkin? 🤔
Orfografik va grammatik xatoliklar ko‘rinib turishini faolsizlantirish uchun quyidagicha yo‘l tutishimiz mumkin:
— 1-qadam
Menyu satrida Файл → Параметры → Правописание → Исключения ketma-ketligi bo‘yicha o‘tamiz.
— 2-qadam
Ikki qushcha belgisini post ostidagi skrinshotda keltirilgani kabi o‘rnatamiz.
Agar matnni terib bo‘lib, uni xatoliklarga qarshi tekshirishga qaror qilsangiz, tekshiruv ishga tushishi uchun menyu satrida Рецензирование → Правописание bandlariga o‘ting.
📌 P.S.: Barchamizga ma’lumki, lotin yoki kirill alifbosida o‘zbek tilida matn kiritganimizda, matn ostidagi qizil hoshiyalar asossiz bo‘ladi, boisi, orfografik xatoliklar aynan o‘zbek tilida emas, balki ingliz, rus yoki nemis tilida tekshiriladi.
Matnda orfografik xatolik mavjudligini bizga yanglishib uzatayotgan Word'ga yordam berishning qulay usuli mavjud:
• MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish
ℹ️ Microsoft Word ruknidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5690