tgoop.com/itspecuz/5693
Last Update:
#operatsion_tizim
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish 📀
Barcha “qutqaruvchi” disklar orasida WinPE 10-8 Sergei Strelec internetning ruscha segmentida ancha ma’lum va mashhurdir. Bu kabi ko‘plab to‘plamlar singari, Стрелец tomonidan taqdim etiluvchi ushbu disk ham saqlash qurilmalari (DVD, USB, External HDD)ga keyichalik yozish maqsadida ISO-obrazi ko‘rinishida tarqatiladi.
E’tiboringizni qaratmoqchi bo‘lgan jihatimiz, kompyuterning qattiq diskida joylashgan obrazning turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu “qutqaruv” diskining tiklash muhitini yuklash imkoniyatidir. Buning uchun dastlab disk obrazini yuklab oling, va uni virtual diskka ulang.
📎 “WinPE10 8 Sergei Strelec x86 x64 2021.01.05” obrazini o‘z ichiga oluvchi arxiv fayllarini yuklab olish: 1-qism | 2-qism
📋 Yuklab olingan arxiv fayllarini yaxlit ISO-fayl ko‘rinishida Извлечь qilish bo‘yicha ko‘rsatma.
Ulangan diskka murojaat etib, undagi SSTR papkasini istalgan joyga (yaxshisi D diskiga) ko‘chirib oling. Disk obrazining endi bizga keragi yo‘q, virtual diskni faolsizlantirsa ham bo‘ladi. Nusxalab o‘tkazilgan papkada Bootx86WinPE.cmd va Bootx64WinPE.cmd fayllarini toping. Operatsion tizimingiz razryadiga mos tushuvchi faylni ishga tushiring.
Tez fursatda kompyuter qayta yuklanadi va siz “qutqaruv” diskining tiklash muhitiga o‘tasiz. Zaruriy ishlaringizni amalga oshirib bo‘lganingizdan so‘ng, kompyuterni qayta yuklang, bunda yana o‘zingizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimi oddiy rejimda yuklanadi. Agar “qutqaruv” diski o‘zini yuklanuvchi menyuga qo‘shib qo‘ysa, u holda asl sozlamalarni tiklash uchun SSTR papkasidagi BCDrecovery.cmd faylini ishga tushiring.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
• Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash
• Windows 10’da “Этот компьютер” belgisini ish stoliga qaytarish
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
• Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
• Dastur o‘rnatish san’ati
• Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
• Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
• Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
• Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5693