tgoop.com/itspecuz/5749
Last Update:
#operatsion_tizim
🔄 Windows 10'da video drayverini qayta ishga tushirish (перезапуск)
Agar video drayver versiyasi nomuqobil bo‘lsa, vaqti-vaqti bilan uning ishida uzilishlar bo‘lib turishi mumkin. Siz drayverni ish jarayonining o‘zida, operatsion tizimni qayta yuklab o‘tirmasdan qayta ishga tushirishingiz mumkin.
Bunday maqsadlar uchun Windows 10'da grafik kartani foydalanuvchining faol seansini yakunlamasdan qayta ishga tushirish imkonini beruvchi klavishlar kombinatsiyasi ko‘zda tutilgan. Ushbu usulni NVIDIA, AMD va Intel drayverlari qo‘llab-quvvatlaydi.
Video drayverni qayta ishga tushirish uchun WIN
+ CTRL
+ SHIFT
+ B
klavishlari birikmasini bosing. ⌨️
Ekran bir onga qorayadi, ovozli signalni eshitasiz, shundan keyin tasvir yana paydo bo‘ladi. Ushbu jarayon to‘liq xavfsiz bo‘lib, tizimda ishlab turgan dasturlarga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Drayverlarni qo‘shimcha dastur va vositalarsiz yangilashga urinamiz
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5749