tgoop.com/itspecuz/5757
Last Update:
#maslahat #mulohaza_uchun
Miya uchun eng zararli mahsulotlar sanab oʻtildi 🧠🚫
Alsgeymer kasalligining kelib chiqishi koʻp hollarda odamning isteʼmol qilayotgan taom hamda yeguliklariga bogʻliq boʻladi. Koʻp sonli tadqiqotlarning koʻrsatishicha, taomnomadan ayrim mahsulotlarni chiqarib tashlash orqali demensiya xavfini kamaytirish mumkin.
Eng avvalo, kundalik taomnomadan bir necha bosqichda ishlov berilgan mahsulotlarni chiqarib tashlash kerak. Bunday mahsulotlar qatorida turli pishiriqlar, shirinlik va gazli ichimliklarni tilga olish mumkin. Ushbu mahsulotlar miyada yalligʻlanish jarayonini keltirib chiqaradi va neytronlarni zararlaydi. Buyuk Britaniyaning Bata universiteti mutaxassislari tarkibida koʻp miqdorda shakar boʻlgan mahsulotlar qon tomirlarining torayishiga sabab boʻlishini aniqlaganlar.
Taqiqlangan mahsulotlar roʻyxatida achchiq, yogʻli ovqatlar va fastfud ham bor. Ushbu mahsulotlar tarkibida transyogʻlar mavjud boʻlib, ular miyaning ishlash qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
📝 Manba: Xabardor.uz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari
• Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot
• Kuniga yangi narsa o‘rganish miyani sog‘lomlashtirib, aqlliroq qiladi
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5757