tgoop.com/itspecuz/5760
Last Update:
#rasm_bilan_ishlash #internet
🎨 Qo‘li “qiyshiqlar” uchun ideal chizmalar hosil qilish bo‘yicha layfxak
Agar rasm chizishga unchalik uquvingiz bo‘lmasa – bundan fojia yasashga shoshilmang. Google'da siz uchun maxsus sehrli — Autodraw xizmati mavjud. U siz tomondan taxminiy chizilgan rasmlar asosida ko‘rinishi barcha uchun tushunarli bo‘lgan chizmalarni hosil qilib beradi.
Undan foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. https://www.autodraw.com/ saytiga murojaat eting.
2️⃣. Kerakli bo‘lgan obyektni chizishni boshlang. Xizmat yuqorida taklif etayotgan variantlarni kuzatib boring — bu aynan siz ko‘zlagan natija bo‘lishi mumkin.
3️⃣. Agar AutoDraw to‘g‘ri aniqlasa — sizdan chizmani tanlash qoladi! Tayyor: taxminiy chizilgan narsa o‘rnida chiroyli chizilgan chizma hosil bo‘ldi.
4️⃣. Chizma tayyor bo‘lgani zahoti, menyu belgisi (uch gorizontal chiziq) ustiga bosing va “Download” bandini tanlang.
Endi sizda katta rasmlarni yaratish imkoniyati bor: mavjud rasmlar ustidan chizish, ko‘chirib o‘tkazish, kesish, ranglar qo‘shish va hokazo. Foydalanib ko‘ring, bu juda qulay vosita! 😉
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5760