tgoop.com/itspecuz/5765
Last Update:
#word #excel
🧾 Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
Afsuski, Excel'dan jadvalni belgilagan holda oddiy tarzda nusxalab, Word'ga joylashtirishning qator kamchiliklari mavjud.
Eng ko‘zga tashlanadiganlari: jadval sahifa chegarasidan tashqariga chiqib ketishi va undagi formatning (shrift, interval) joriy hujjatda qo‘llanilgan formatdan farqlanishidir.
Ushbu usul shu kabi jadvallarni grafik obyekt sifatida joylashtirish imkonini beradi, bu esa ba’zi afzalliklarni taqdim etadi:
— 1-qadam
Menyu satrining Вставка varaqa (вкладка)sidan Объект buyrug‘ini tanlang.
— 2-qadam
Ochilgan oynada Создание из файла varaqa (вкладка)siga o‘ting.
Shundan so‘ng Обзор tugmasiga bosish orqali qattiq diskdagi Excel faylingizni izlab toping va joriy Word hujjatiga joylashtiring.
— 3-qadam
OK'ni bosing.
Tayyor, kerakli jadval rasm ko‘rinishida joylashtiriladi. Endi uning ustiga bosib, o‘lchamlarini boshqarishingiz, sahifa bo‘ylab siljitishingiz va shu kabi boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5765