tgoop.com/itspecuz/5801
Last Update:
#operatsion_tizim
Printer va u haqdagi har qanday bildirishnomani o‘chirish 🖨❌
Printer tizimdan uzilganidan so‘ng, unga tegishli drayverlar va dasturiy ta’minotning tizimda qolib ketishi holatlari ko‘p uchraydi. Ushbu postimizda printerni qanday qilib tizimdan butunlay o‘chirib tashlashni ko‘rib o‘tamiz.
1️⃣. Windows 10'da WIN
+ I
klavishlari birikmasi yordamida Параметры oynasini ekranga chaqiramiz va undagi Устройства - Принтеры и сканеры bo‘limiga o‘tamiz.
Kerakli printerni tanlaymiz va Удалить устройство tugmasi ustiga bosamiz.
2️⃣. Printerni Панель управления (WIN
+ R
→ control
→ ENTER
) orqali o‘chirish mumkin. Категории ko‘rish rejimi faol turgan holatida Оборудование и звук - Просмотр устройств и принтеров bo‘limiga o‘tamiz.
Printerning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz va Удалить устройство'ni tanlaymiz.
3️⃣. Drayverni o‘chirish uchun WIN
+ R
birikmasini bosamiz va ochilgan Выполнить oynasiga printui /s /t2
buyrug‘ini kiritib ENTER
'ni bosamiz. Драйверы varaqa (вкладка)sida printerning drayverini belgilaymiz va Удалить tugmasiga bosamiz.
Keyingi oynada Удалить драйвер и пакет драйвера'ni tanlaymiz va OK'ga bosamiz.
4️⃣. Agar printer bilan ishlash uchun maxsus dastur o‘rnatilgan bo‘lsa, unda uni ham Программы и компоненты (WIN
+ R
→ appwiz.cpl
→ ENTER
)ga murojaat etish orqali o‘chirish mumkin.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5801