tgoop.com/itspecuz/5849
Last Update:
#mulohaza_uchun #word
⌨️ Probel klavishidan to‘g‘ri foydalanishning grammatik qoidalari
Probel — bu soʻzlar orasidagi boʻsh joy, interval. Afsuski, koʻpchilik buni oʻz oʻrnida ishlata olmaydi. Shu bois bugun uni toʻgʻri qoʻllashni oʻrganamiz:
1. Har bir soʻz orasi ochib yoziladi:
Xushkelibsiz ❌
Xush kelibsiz ✅
2. Nuqtadan keyin joy ochib yoziladi:
Salom.Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅
3. Nuqtadan oldin probel qoʻyilmaydi:
Salom .Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅
4. Vergul, ikki nuqta (:), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), soʻroq belgisi (?), gap soʻngidagi uch nuqta (...) uchun ham xuddi shu qoidalar amal qiladi:
Nima ?Ha ,mayli ❌
Nima? Ha, mayli ✅
5. Defis (-) bilan yoziladigan juft soʻzlar, takror soʻzlar, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) orasida boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
Oldi - berdi ❌
Oldi-berdi ✅
Asta - sekin ❌
Asta-sekin ✅
6. Umuman olganda, defisning ikki tarafida hech qachon boʻsh joy boʻlmaydi. Faqatgina osma defis bundan mustasno:
5 - noyabr ❌
5-noyabr ✅
Audio - va videoaloqa ❌
Audio- va videoaloqa ✅
7. Vaqt oraligʻini ifodalash uchun ishlatiladigan qisqa tire (–) qatnashgan soʻzlar boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
3 – 4 dona ❌
3–4 dona ✅
1941 – 1945-yillar ❌
1941–1945-yillar ✅
8. Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tire (—) har ikki tomondan boʻsh joy qoldirib yoziladi:
Til—bu millat gʻururi ❌
Til — bu millat gʻururi ✅
Qaragʻay—bu daraxt ❌
Qaragʻay — bu daraxt ✅
9. Qavs ichidagi soʻz yoki soʻzlar qavsdan ajratmay yoziladi:
( Qavs ichidagi soʻz ) ❌
(Qavs ichidagi soʻz) ✅
10. Qoʻshtirnoq ichidagi soʻzlar ham qoʻshtirnoqdan ajratmay yoziladi:
« Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz » ❌
«Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz» ✅
11. Son yoki boshqa biror belgidan soʻng birikib kelgan qoʻshimchalar ajratib yoziladi:
15dan ziyod ❌
15 dan ziyod ✅
100%gacha ❌
100% gacha ✅
(❗️Foiz belgisini son bilan qoʻshib yoki ajratib yozish borasida turli qarashlar mavjud)
12. Dona sonlar raqamlar bilan yozilsa, ta alohida yoziladi:
5ta ❌
5 ta ✅
📌 P.S.: Yana biror holatlar esga kelib qolsa, ushbu matn toʻldirib boriladi.
📝 Manba: @xatoliklar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5849