tgoop.com/itspecuz/5946
Last Update:
#excel
🔢 ОКРУГЛ (ROUND) funksiyasi
ОКРУГЛ – sonni formulada ko‘rsatilgan kasrli razryadlar miqdoriga qadar yaxlitlaydi.🇷🇺 ОКРУГЛ(число; число_разрядов)
)
🇺🇿 ОКРУГЛ(son; razryadlar_miqdori🇬🇧 ROUND(number, num_digits)
• Son (majburiy argument) — yaxlitlanayotgan sonli qiymat;
• Razryadlar miqdori (majburiy argument) — son bu yerda ko‘rsatib o‘tilgan kasrli razryadlar miqdoriga qadar yaxlitlanadi.
Izohlar:
■ Agar Razryadlar soni 0 dan katta bo‘lsa, u holda son ko‘rsatib o‘tilgan kasrli razryadlar miqdoriga qadar yaxlitlanadi;
■ Agar Razryadlar soni 0 ga teng bo‘lsa, u holda son eng yaqin butun qiymatga qadar yaxlitlanadi;
■ Agar Razryadlar soni 0 dan kichik bo‘lsa, u holda son kasrning chap tomoniga qarab yaxlitlanadi.
Formulaning ishlashiga misol quyidagi rasmda keltirilgan👇🏻.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/5946