tgoop.com/itspecuz/6025
Last Update:
#smartfon #android
📛 Ilovalar bilan Android smartfonini “bug‘ish”ga chek qo‘yamiz
Kimgadir ayon, kimdir esa bilmas balki: ilovalarni ochilib turganlari ro‘yxatidan olib tashlagan taqdiringizda ham — ular fon rejimida ishlashda va batareyangiz quvvatini sarflashda davom etadi. Ularni birma-bir o‘chirib (faolsizlantirib) o‘tirmaslik uchun Hibernator ilovasidan foydalaning. Ushbu ilova smartfoningiz umrini uzaytiradi.
Undan foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Ilovani Play Market'dan yuklab olamiz.
2️⃣. Yopilishi (faolsizlantirilishi) lozim bo‘lgan ilovalar turini tanlaymiz: tizimli (системные) yoki foydalanuvchiga tegishlisi (пользовательские).
3️⃣. Barcha ilovalarga nisbatan buni qo‘llash uchun — “Все приложения”ni, so‘ngra “ZZ”ni bosamiz.
4️⃣. Agar ba’zi ilovalarni faol holatda qoldirish kerak bo‘lsa, kerakli ilovalarni pastroqdagi ro‘yxatdan topamiz, har birini ustiga biroz bosib turamiz va “Добавить в список исключений” bandini tanlaymiz va “ZZ”ni bosamiz.
5️⃣. Faqatgina tanlangan ilovalarni faolsizlantirish uchun — ularning har birini ustiga bosib turgan holda, “Добавить в пользовательский список”ni tanlaymiz, so‘ngra “Пользовательский список” bo‘limiga o‘tamiz va “ZZ”ni bosamiz.
📝 Manba: @bugnotfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6025